1

Toshqulov qishloqdan, u qishloq „hidini“ biladi — Shavkat Mirziyoev yangi oliy ta`lim vaziri haqida

Siyosat 19.01.2021, 20:44
Toshqulov qishloqdan, u qishloq „hidini“ biladi — Shavkat Mirziyoev yangi oliy ta`lim vaziri haqida

 

Avval xabar qilganimizdek, Prezident raisligida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar taʼsirchanligini yana-da oshirishga qaratilgan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev yaqinda tayinlangan oliy taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov ko‘plab vazifalar yuklatilganini aytib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

«Agar unga qandaydir rektor yoqmasa, u rektor ketadi. Men unga katta vazifalar yukladim. U uxlamay ishlaydi», — dedi davlat rahbari. Shavkat Mirziyoyev rektorlar dars bermasligini tanqid qilib, dars bermagan taqdirda tarbiya va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish lozimligini taʼkidladi.

«Yangi vazir Abduqodir Toshqulovni sinash shart emas. Men uni sinab bo‘ldim. Agar unga qandaydir rektor yoqmasa, u (rektor) ketadi. Men unga katta vazifalar yukladim. U uxlamay ishlaydi», — dedi davlat rahbari.

«Toshqulov qishloqdan, u qishloq „hidini“ biladi, muammolarni biladi. Ko‘pchilik aytyapti: „Ko‘ramiz, qancha chiday olarkan“ deb. Ko‘ramiz. Men bilaman buni kim aytganini», — degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Abduqodir Toshqulov baʼzi rektorlarga yoqmasligi mumkinligini ham taʼkidlagan. «Rektorlarning ko‘pi tashabbus ko‘rsatmaydi, 15:00 dan keyin prorektorlarga topshiriq berib, uyiga ketadi, talabalarning kvartiradagi sharoitlari bilan qiziqmaydi», — degan u.

Shavkat Mirziyoyev rektorlar dars bermasligini yoki faqatgina 10% vaqtini dars berishga ajratishini aytgan. Rektorlar dars bermasa, tarbiya va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanishi kerakligi taʼkidlangan.

Davlat rahbari oldingi oliy taʼlim vaziri Inomjon Majidov haqida ham fikr bildirib «aravani torta olmagan"ligini taʼkidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1