1

Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov Madridda BTT Bosh kotibi bilan muhim kelishuvlarga erishdi

Siyosat 20.01.2021, 08:05
Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov Madridda BTT Bosh kotibi bilan muhim kelishuvlarga erishdi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov 18 yanvar kuni Ispaniyaning Madrid shahriga xizmat safarini amalga oshirdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Matbuot xizmati xabar qildi. 

U erda Aziz Abduhakimov Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida Bosh kotibi turizm O`zbekiston Prezidenti tomonidan iqtisodiyotning ustuvor yo`nalishi sifatida tanlab olingani, 86 davlat fuqarolari uchun viza tizimining bekor qilingani, 50 dan ortiq mamlakat fuqarolari uchun elektron viza olish tizimi joriy etilgani hamda pandemiyaga qadar xorijiy sayyohlar soni 5 barobarga oshgani alohida ta`kidlandi. 

Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi davrida Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan turizm sohasidagi tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash tizimi, ularga berilayotgan imtiyozlar hamda 2021 yil yakuniga qadar amalda bo`lgan qarorlar minglab ish o`rinlarini saqlab qolish bo`yicha ibratli tashabbus sifatida e`tirof etildi. 

Bundan tashqari, O`zbekistonda yo`lga qo`yilgan maxsus “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” (“O`zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlanadi”) tizimi ham yuksak e`tirof etildi. Shu o`rinda Zurab Pololikashvili dunyo miqyosida faqat BAA, Saudiya Arabistoni va O`zbekiston pandemiya davrida ham turizm sohasiga eng ko`p mablag` ajratgani hamda tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlashda davom etganini qayd etdi. Aziz Abduhakimov Madriddagi uchrashuv doirasida UNWTO Bosh Assambleyasi XXV sessiyasini 2023 yilda Samarqand shahrida o`tkazish uchun O`zbekiston Respublikasi tayyor ekanligini ta`kidlab o`tdi. 

Aziz Abduhakimov, o`z o`rnida, O`zbekiston hukumati nomidan BTT Bosh kotibiga yaqin hamkorlik hamda turli xalqaro tadbirlarni O`zbekistonda o`tkazish va yurtimizda bo`layotgan turizm yangiliklarini o`z platformalari orqali keng targ`ib qilishda yordam berayotgani uchun o`z minnatdorligini bildirdi. Uchrashuv yakuniga ko`ra, BMT Bosh kotibi 2021-2023 yillar davomida O`zbekiston nomzodini BTT Ijroiya kengashiga a`zoligini shaxsan qo`llab-quvvatlashi va bu borada barcha yordam ko`rsatishga tayyor ekanini ta`kidladi. Shuningdek, UNWTO tomoni 2023 yilda BTT Bosh Assambleyasi XXV sessiyasini Samarqand shahrida yuqori saviyada o`tkazilishiga ishonch bildirdi. Bundan tashqari, turizm sohasidagi investorlar uchun “Global Tourism Investment Forum” xalqaro forumini tashkil qilish va tadbirni Toshkent viloyatining Bo`stonliq hududida o`tkazishga kelishib olindi. Tomonlar shuningdek "Ipak yo`li" turizm xalqaro universitetiga yuqori malakali professor-o`qituvchilarni jalb etish va dolzarb yo`nalishlarda kadr tayyorlash uchun zamon talabidagi o`quv dasturlari yaratishga kelishib olishdi. Yoshlar turizmi dasturlari doirasida xalqaro tadbirlar tashkil etish va xorijdagi tadbirlarga o`zbek yoshlarini taklif etishga oid kelishuvlarga erishildi, deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1