Farg`onalik informatika fani o`qituvchisining Olimpiadaga olib chiqqan barcha o`quvchilari g`olib bo`ldi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligining Axborot xizmati ma`lum qildi.
Odinaxon Yuldasheva Farg`ona viloyati O`zbekiston tumani 65-IDUMI informatika va axborot texnologiyalari fani o`qituvchisi, Xalq ta`limi a`lochisi.
Bugun Odinaxon Yo`ldoshevaning o`quvchilari har yilgi fan olimpiadalarida viloyat va Respublika bosqichlarida g`oliblikni qo`lga kiritib keladi.
Joriy yilda u kamdan-kam qayd etiladigan natijaga erishdi. Uning 9-10-11-sinflardan olib chiqqan 9 nafar o`quvchisining barchasi viloyat fan olimpiadasida mutloq g`oliblikni qo`lga kiritib, Respublika bosqichiga yo`llanma oldi, deyiladi xabarda.






