AsosiyJamiyat

“O`zbekiston metallurgiya kombinati” AJga yangi rahbar tayinlandi

'“O`zbekiston metallurgiya kombinati” AJga yangi rahbar tayinlandi'ning rasmi

Bugun “O`zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi hamda kombinat rahbariyatining kengaytirilgan tarkibdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati ma`lum qilishicha (https://davaktiv.uz/uz/news/zbekiston-metallurgija-kombinati-azhga-jangi-rabar-tajinlandi), "O`zmetkombinat" AJ Kuzatuv kengashi ko`p yillar davomida jamiyatda faoliyat yuritib kelgan Rashid Pirmatovni aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqladi.

Kuzatuv kengashi shu kuni Dilshod Axmedovni kombinat boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari etib tayinlash to`g`risida qaror qabul qildi. Ushbu lavozimga ham malakali va tajribali mutaxassis, ishlab chiqarish tashkilotchisi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar