1

Jizzax qo`zg`oloni haqida film suratga olinadi

Madaniyat 21.01.2021, 17:03
Jizzax qo`zg`oloni haqida film suratga olinadi

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” studiyasi tomonidan “Bo`ysunmas” (https://telegra.ph/%D0%8Ezbekkino-MA-01-21) (“Jizzax qo`zg`oloni”) nomli tarixiy-badiiy film suratga olinadi.  

Mazkur film 1916 yili Turkiston o`lkasida yuz bergan va keyinchalik, tarixda turli nomlar bilan atalgan va turlicha talqin qilingan, aslida esa milliy ozodlik harakati darajasiga qadar ko`tarilgan mahalliy aholi vakillarini mardikorlikka olishga qarshi qo`zg`olon hamda uning eng fojiali qismi bo`lmish Jizzax voqealariga bag`ishlanadi. Filmda bosh qahramon Nazirxo`ja eshonning hayoti orqali o`sha davr voqeliklari ko`rsatib beriladi.

Ssenariy mualliflari Hasan Toshxo`jaev, Jahongir Ahmedov, postanovkachi rejissyor Jahongir Ahmedov, postanovkachi operator Rustam Murodov, liboslar bo`yicha rassom Zuhra G`anieva, postanovkachi rassom Bahriddin Shamsutdinov, rejissyor Otajon Dostonov, prodyuser Zafar Yo`ldoshev.  

Film voqealari Toshkent, Jizzax viloyatlarida hamda Belarus davlatida tasvirga olinadi. Hozirda filmning suratga olish ob`ektlari bilan tanishish va kasting jarayonlariga tayyorgarlik ko`rilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1