ByteDance kompaniyasi TikTok dasturining Xitoy versiyasi— Douyin uchun to`lov xizmatini ishga tushirdi. Shu yo`l bilan ByteDance kompaniyasi elektron tijorat biznesini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Hozircha Douyin Pay xizmati faqat Xitoydagina ishlaydi. Ilgari 600 milliondan ortiq Douyin foydalanuvchilari virtual sovg`alar, tokenlar va ilova ichidagi mahsulotlar uchun Alibabaning Alipay vaTencenning WeChat Pay orqali to`lashlari mumkin edi. iResearch ma`lumotlariga ko`ra, ular mamlakatdagi uyali aloqa operasiyalari bozorining 90% dan ortig`ini tashkil qiladi.
«Douyin Payning ishga tushirilishi mavjud asosiy to`lov usullarini to`ldirishga va oxir-oqibat Douyin dasturida foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga qaratilgan», degan ByteDance.
Alipay va WeChat Pay nafaqat mobil dasturlarda, balki xaridor faqat buyum sotib olish uchun shtrix-kodni skanerlashi kerak bo`lgan oddiy do`konlarda ham taqdim etiladi.
ByteDance o`z to`lov xizmatini 2019 yilda ishga tushirishga tayyorlana boshlagan, u Internetda moliyaviy operasiyalarni amalga oshirish uchun lisenziya olgan Wuhan Hezhong Yibao Technology Co kompaniyasini sotib olgan, deb yozadi CNBC. Douyin Paydan foydalanish uchun esa foydalanuvchilarga Xitoy bank hisobvarag`i kerak bo`ladi.