Sal avval san`atni tark etgan Jahongir Otajonovning ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi shov-shuvli videosi tarqaldi.
Unda sobiq xonanda, O`zbekiston prezidentidan uni respublikaning biror hududiga hokim etib tayinlashini so`ragan.
"Eshitishimcha, ayni paytda hududlarda 16 ta yosh hokimlar ish boshlabdi. Meni ham o`shalar qatorida 17-si qilib olsangiz. Mayli, menga O`zbekistonning eng sharoiti og`ir bo`lgan, iqtisodi, madaniyati va ma`rifati orqada qolgan, eng kichik tumanni bersangiz ham. Men o`zimga topshirilgan vazifani uddalay olaman. Xalqni rozi qilaman. Biroq buning uchun menga, men amalga oshirmoqchi bo`lgan rejalarga yuqoridan qarshi chiqmasliklari uchun siz o`zingiz meni yoningizga olsangiz..." deya murojaat qilgan Otajonov.
Eslatib o`tamiz, kuni kecha Jahongir Otajonov O`zbekiston prezidentligi uchun o`z nomzodini qo`yishini ma`lum qilgan edi. Shuningdek, bu borada niyati jiddiy ekanini aytib, o`zining ikkinchi murojaatini e`lon qildi.
Mavzuga doir:






