Istanbul shahrida, o`zbek millatiga mansub ayol o`zi yashagan uyning egasi bo`lgan keksa ayolga jismoniy zo`ravonlik ko`rsatgan va jinsiy mazmundagi so`zlar bilan haqorat qilgan. Bu haqda Turkiyaning rasmiy nashrlari ma`lum qilmoqda.
O`zbek millatiga mansub bo`lgan Ra`no ismli bu ayol turk millatiga mansub bo`lgan keksa ayolga qarovchi bo`lib ishlar edi. Keksa uy egasining do`sti tomonidan uyali telefon kamerasiga yozib olingan kadrlarda o`zbekistonlik tarbiyachi ayolga nisbatan noo`rin so`zlarni aytgan, unga turli haqoratlarni aytgani tasvirlangan.
Kampir esa qarovchiga milisiyaga boraman va shikoyat qilaman va oyog`imdagi izlarni ko`rsataman deganida, ovozini chiqarmaslikni aytib, po`pisa qilgan.
Videoda, kampirning deraza oldiga kelib, "bu erda meni urishyapti" deb yordam so`ragani ham aks etgan.
Istanbul shahrida keksa ayolning uyida oqsochlik qilgan o`zbekistonlik Ra`no R. uy bu video tarqalib ketgach, uy qamog`iga olingan. Vatandoshimiz o`zi qarab kelgan ayolga nisbatan kuch ishlatishda ayblanmoqda.