1

Apple singan iPhone o`rniga yangisini taqdim etadi

Hi-tech 06.02.2016, 11:25
Apple singan iPhone o`rniga yangisini taqdim etadi

Apple  kompaniyasi zararlangan  iPhone smartfonlari o`rniga yangisini berish dasturini kengaytirdi, deb xabar beradi “Vesti”.

Endilikda kompaniya mijozlari ekrani darz ketgan, kamerasi ishlamayotgan yoki tugmalari ishdan chiqqan smartfonni maxsus do`konga topshirib, ma`lum miqdordagi summani to`lab, yangi iPhone`ni qo`lga kiritishi mumkin.

Apple Store Reuse va Recycle iPhone dasturi bir necha yil oldin yo`lga qo`yilgan. Biroq shu vaqtga qadar bu dasturlarda singan  iPhone smartfonlari ishtirok etmagan. Yangi treyd-in dasturi hamma uchun foydali: u mijozlarga zararlangan uskuna ta`miriga pul sarflamay, smartfonlarning yangi avlodidan foydalanish imkonini beradi. Apple kompaniyasi esa ko`proq qurilmalarni sotishga erishadi.  

Ma`lumotlarga ko`ra, Apple zararlangan 5S`ni 50 dollarga, iPhone 6`ni esa 200 dollarga, 6 Plus smartfonini 250 dollarga baholab, qaytarib oladi. Dasturda ekrani darz ketgan, suvga tushib ketgan, kamerasi, tugmalari sifati yomonlashgan smartfonlar ishtirok etishi mumkin. O`ta yaroqsiz holga kelgan smartfonlar esa dasturda qatnashmaydi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1