«Glazgo Reynjers» bosh murabbiyi Stiven Jerrard Frenk Lempardning iste`foga chiqarilgani haqida o`z fikrini bildirdi.
«Albatta, Frenk uchun afsusdaman. U men juda ham hurmat qiladigan sobiq jamoadoshlarimdan biri. Frenkni yaxshi bilganim uchun ayta olamanki u tez orada yana murabbiylikka qaytadi. U o`rnidan turib yana davom etishiga hech qanday shubham yo`q. Frenk yosh oila boshlig`i, tez orada ota bo`ladi. Bunday vaqtni u oilasi bilan o`tkazib, dam olishi kerak.
Lempardning iste`fosini eshitib juda ham xafa bo`ldim. Fikrimcha, «Chelsi» rahbariyati bu masalada juda shoshdi. Har holda jamoa dam olish kunlari kubokda g`alaba qozongandi. Uning klub bilan qanday munosabatda ekani va bu qarorni qanday qabul qilganidan bexabarman. «Chelsi» rahbariyati hozirgi vaziyatda murabbiy bilan bunday munosabatda bo`lmay, uni qo`llab-quvvatlashini kutgandim. Ammo bu masalada «Chelsi» o`z tarixiga ega, shunday ekan bu men uchun syurpriz bo`lmadi», - deydi Jerrard.