1

18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 844 ming nafarni tashkil etishi ma`lum qilindi

Siyosat 27.01.2021, 20:16
18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 844 ming nafarni tashkil etishi ma`lum qilindi

Hozirgi kunda O`zbekistonda 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar soni 18 milliondan ziyod bo`lib, bu mamlakat aholisining qariyb 55 foizini tashkil etadi. Bu haqda ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalarga bag`ishlab o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishida so`z yuritildi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Bugungi kunda 18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz yoki 844 ming nafarni tashkil etmoqda (bu umumiy ishsizlik darajasidan 1,5 baravarga ko`p). Hisobga olinmagan ishsizlar soni esa bundan-da yuqoriBunday muammolarni tizimli hal etish maqsadida, Respublika ishchi guruhi joylarda o`g`il-qizlarning takliflarini «mahallabay» o`rganmoqda.

Hozirga qadar Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizda 50 mingga yaqin yoshlar bilan muloqotlar o`tkazildi. Bildirilgan taklif va istaklar asosida, tuman va shaharlar kesimida «Yoshlar dasturlari» tasdiqlandi», dedi Prezident.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1