Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 13 mingga yaqin bemor vafot etdi. Bu haqda JSST ma`lumotlariga tayanib Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 99 million 864 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 149 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 468 808 yangi holati aniqlandi, 12 856 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 100 million 852 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 173 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 25,050 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,689 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (8,871 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,774 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,689 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 133 409, Hindistonda 12 689, Braziliyada 26 816, Rossiyada 17 741, Buyuk Britaniyada esa 20 088 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
12.01.2022, 20:10
Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari xabariga ko`raa, koronavirusning "omikron" shtammi keksalar, emlanmaganlar va kasalligi borlar hayotiga xavf tug`dirmoqda. Bu haqda CNBC xabar berdi. "Omikron"dan o`lim holati...21.12.2021, 23:12
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus "omikron" bilan kimlar tez kasallanayotgani borasida ma`lumot berdi. Gebreyesus so`zlariga ko`ra, koronavirusning yangi shtammi boshqa variantlarga qaraganda teo`roq tarqalmoqda. "Hozirda...02.12.2021, 12:55
JSST tashkilot a`zo mamlakatlarni emlash jarayonlarini jadallashtirishga chaqirdi. Qolaversa, JSSTning xulosasicha, yangi mutasiyaning paydo bo`lishi hozircha koronavirusga qarshi boshqa vaksina yaratish zaruratini yuzaga keltirgani yo`q....26.10.2021, 21:34
JSST ma`lumotiga ko`ra dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 243 million 572 mingdan ortdi. 4 million 948 mingdan ziyod kishi vafot etgan.Jons Xopkins universiteti ma`lumotiga ko`ra :dunyoda ...