1

Yangi tayinlangan Toshkent shahar hokimi o`rinbosari Prezidentdan muhim topshiriq oldi

Siyosat 29.01.2021, 21:47
Yangi tayinlangan Toshkent shahar hokimi o`rinbosari Prezidentdan muhim topshiriq oldi

Toshkent shahar hokimining o`rinbosari - Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlangan Furqat Mahmudxo`jaev Prezident Shavkat Mirziyoevdan muhim topshiriq oldi, deya xabar beradi “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. Prezident topshirig`iga ko`ra, Olmazor tumanidagi 58 ta mahallalardagi maktablar ma`lum bir tarixiy shaxs, milliy an`analarimiz, madaniyatimiz yoki Toshkent tarixiga ixtisoslashtiriladi.

Islom sivilizasiyasi markazining ahamiyati haqida gapirar ekan, 58 ta mahalla shu dargohga munosib bo`lishi kerak, dedi Prezident.

Shuningdek, bu shunchaki gap bo`lib qolib ketmasligi, Toshkent shahar hokimi qarori bilan tasdiqlanishi kerakligi ham aytildi.

ISLOM SIVILIZASIYaSI MARKAZI HAQIDA 

Toshkentning mashhur Xastimom majmuasi hududidagi 7 gektarlik maydonda barpo etilayotgan Islom sivilizasiya markazi uzunligi 145 metr, eni esa 115 metrni tashkil etib, bino uch qavatdan iborat bo`ladi. Binoning markazi gumbazi balandligi 64 metrni tashkil etadi.

Birinchi qavat - ilmiy-tadqiqot markazi, restavrasiya va elektron nusxa olish laboratoriyasi, muzey eksponatlari va nodir qo`lyozmalarni saqlash fondlari, 200 kishilik zamonaviy kafeteriy, muzeyga kirish vestibyullari va chiptaxonalardan iborat bo`ladi.

Ikkinchi qavat - mazmuni va eksponatlar xilma xilligi bo`yicha betakror, mavzuiy yo`nalishlar bo`yicha shakllantirilgan, eng zamonavaiy texnologiyalar asosida namoish etiladigan, islom olamining bebaho merosidan namunalar turli noyob eksponatlarni o`z ichiga olgan, qariyb 15 000 kv.metr ko`rgazma zaliga ega muzey joylashadi. Muzeyning eng markazida, 50 metr balandlikdagi gumbaz ostida butun Islom olamining durdonasi hisoblangan Usmon mushafi o`rin oladi.

Uchinchi qavat - Islom dunyosining tamadduniga oid 100 mingdan oshiq qo`lyozmalar va ularning elektron ko`rinishilarini qamrab olgan, shuningdek, barcha turdagi zamonaviy davriy nashr manbalariga ega bo`lgan kutubxona joylashadi. Markaz yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo`lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, din va ma`rifat mavzuidagi zamonaviy kitob va nashr maxsulotlarning eng yirik asl va elektron ko`rinishdagi ma`lumotlari bazasi, 100 minggacha qo`lyozmalar fondiga ega kutubxonaga ega bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1