AsosiyJamiyat

Qashqadaryo hokimi o`z ta`tilini o`tkazish uchun Toshkentga kelgan

'Qashqadaryo hokimi o`z ta`tilini o`tkazish uchun Toshkentga kelgan'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev 1 fevraldan boshlab qisqa muddatli davolanish ta`tiliga chiqdi.  Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati  ma`lum qilgan.

Shuningdek, o`rinbosarga tenglashtirilgan hokim maslahatchilari ham qisqa muddatli davolanish ta`tiliga chiqib, viloyat shifoxonalarida salomatligini tiklab olishadi.

Avvalroq, viloyat hokimi o`rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari tibbiy ko`rikdan o`tish va davolanish uchun Toshkent shahriga yo`l olishgani, ularni "Qarshi temir yo`l" vokzalidan kuzatish marosimida Zoyir Mirzaev ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.  

 

    Boshqa yangiliklar