1

Senat Konstitusiyaga o`zgartirish kiritish masalasini ko`rib chiqadi

Siyosat 02.02.2021, 11:18
Senat Konstitusiyaga o`zgartirish kiritish masalasini ko`rib chiqadi

2020 yil 5 fevral kuni Oliy Majlis Senati 12-yalpi majlisini chaqiradi. Bunga 1 fevral kuni bo`lib o`tgan Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida qaror qilindi, deya xabar bermoqda  Oliy Majlis Senatining matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, majlis videokonferensaloqa shaklida bo`lib o`tadi. Unda “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi, “Auditorlik faoliyati to`g`risida”gi, “Jinoyat hamda Jinoyat-prosessual kodekslariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi, “Xalqlar do`stligi kunini belgilash to`g`risida”gi qonunlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.  

Shuningdek, “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga rejalashtirilgan davlat dasturining ijrosi bo`yicha Vazirlar Mahkamasining hisobotini o`rganish natijalari muhokama qilinishi ko`zda tutilgan, deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1