AsosiyJamiyat

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari davlat tiliga tarjima qilinmoqda

'Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari davlat tiliga tarjima qilinmoqda'ning rasmi

MHXS hujjatlarining tarjima loyihasi yuzasidan jamoatchilikning fikrini o`rganish va takliflar olish (feedback) maqsadida har xaftada 3 ta MHXS hujjatini Moliya vazirligining veb saytida e`lon qilib borilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bugunga qadar 10 ta MHXS hujjatlarining davlat tilidagi tarjimasi loyihasi Moliya vazirligining veb saytiga joylashtirilgan. Mazkur hujjatlar yuzasidan jamoatchilikning ma`noviy, imloviy va grammatik jihatdan o`rganib chiqilgan o`rinli taklif va mulohazalari kelib tushmoqda. MHXS hujjatlarining tarjimasi loyihasi yuzasidan berilgan asosli takliflar ularni asl ma`nosida qo`llash uchun muhim ahamiyat kabs etadi. 

Joriy xaftada MHXS hujjatlarining bevosita foydalanuvchilari va jamoatchilikning fikrini o`rganish va takliflar olish (feedback) uchun quyidagi 3 ta MHXS hujjatini davlat tilidagi tarjimasi loyihasi Moliya vazirligining veb saytiga joylashtirildi:

  • 7-son MHXSShQ Sharhi 29-son BHXS “Giperinflyasiyali iqtisodiyotda moliyaviy hisobot” asosida qayta hisoblash yondashuvini qo`llash”; 
  • 10-son MHXSShQ Sharhi “Oraliq moliyaviy hisobot va qadrsizlanish”;
  • 32-son ShDQ Sharhi “Nomoddiy aktivlar - vebsayt sarflari”. 

Mazkur MHXS hujjatlarini davlat tilidagi tarjimasi yuzasidan fikr va mulohazalarni ifrs@mf.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar