Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 103 million 362 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 244 mingdan ziyod kishi vafot etgan (3.02.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 15:59 holatiga ko`ra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 403 263 yangi holati aniqlandi, 12 120 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (04.02.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 104 million 389 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 268 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 26,055 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,777 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (9,229 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,901 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,852 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 125 444, Hindistonda 11 039, Braziliyada 24 591, Rossiyada 16 474, Buyuk Britaniyada esa 16 840 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.






