Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti olimlari koronavirusning vaksina samaradorligini 10 baravarga kamaytiradigan xavfli mutasiyasini aniqladi.
Olimlar tomonidan E484K deb nomlangan Britaniyaning B.1.1.7 shtammi mutasiyasi 11 ta holatda aniqlangan.
BioNTech-Pfizer vaksinasini olgan odamlarning qonidan olingan antitanalar ushbu vaksina E484K mutasiyali virusga qarshi 10 baravar kam samara berishini ko`rsatgan.
Buyuk Britaniya Sog`liqni saqlash vaziri Mett Xenkok mutasiya holatlari Bristol va Liverpulda aniqlanganini tasdiqlagan.






