Britaniyaga «qora ro`yxat»dagi mamlakatlardan tashrif buyuruvchilar uchun «COVID-mehmonxonalar» tashkil etiladi.
Buyuk Britaniyada 15 fevraldan boshlab COVID-19 xavfi yuqori bo`lgan davlatlardan tashrif buyuruvchilar uchun ikki haftalik majburiy karantin joriy etiladi.
Hozirda mamlakatga faqat Britaniya fuqarolari yoki unda yashash huquqiga ega bo`lganlar kirishi mumkin. «Qora ro`yxat»dagi mamlakatlardan qaytgan fuqarolar o`n kunni «COVID-mehmonxonalar»da o`tkazishi kerak. Ushbu mehmonxonalarni mamlakat aeroportlari yaqinida tashkil etish rejalashtirilgan.
Bunday mehmonxonalarda har kuni, taxminan, 1000 kishi istiqomat qiladi va unda yashash narxi bir kecha uchun 80 funtni tashkil qiladi.






