Guliston tumani IIB YHXB inspektori 2021 yilning 18 yanvar kuni qoidabuzar xaydovchilardan biri 500.000 (besh yuz ming) so`m miqdordagi pulni pora tariqasida bermoqchi bo`lgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Voqea ro`y bergandan so`ng YHXB inspektori Sirdaryo viloyati IIB boshlig`i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan. O`z bildirgisida 2021 yil 18 yanvar kuni Guliston tumani Soyibobod QFY xududidan o`tuvchi 4R-27 avtomobil yo`lining 13 km.da xizmat olib borayotgan vaqtida, Guliston tumani Chortoq QFY xududidan Guliston tumani Dexqonobod shaharchasi yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomashinani to`xtatib, o`rnatilgan tartibda haydovchi A.F ning boshqaruvidagi avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi va avtomashinaga tegishli xujjatlarini taqdim qilishini so`ragan, xujjatlarni tekshirish davomida avtomashinani qayd etish guvoxnomasidan tashqari biror-bir boshqarish huquqini beruvchi xujjatlari yo`qligi holatini aniqlab, haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirish va avtomashinani jarima maydonchasiga joylashtirish davomida haydovchi A.F holat bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik hamda avtomashinani qo`yib yuborishi evaziga, xodim tomonidan bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan 500.000 (besh yuz ming) so`m miqdordagi pulni pora tariqasida bermoqchi bo`lib, taklif qilayotganligini ma`lum qilgan.
Mazkur xolat yuzasidan joriy yilning 18 yanvar kuni, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Sirdaryo viloyati bo`yicha bo`limi, Sirdaryo viloyati IIB JQB K va IJQKB hamda Guliston tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda Guliston tumani IIB YHXB ma`muriy binosida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, YHXB inspektoriga “Matiz” rusumli avtomashinani haydovchisi A.F avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berishi hamda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 750.000 (etti yuz ellik ming) so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan qo`lga olingan.
Ma`lumot uchun: “Matiz” rusumli avtomashina Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro S.L ga tegishli ekanligi, ushbu avtomashinani boshqarib kelgan A.F ning esa avtomashinani qayd etish guvoxnomasidan tashqari biror-bir boshqarish huquqini beruvchi xujjatlari yo`qligi aniqlandi.
Shuningdek: haydovchisi A.F 2020 yil 24 sentyabr kuni Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Ma`muriy ishlar bo`yicha sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 136-moddasi 1-qismi (Transport vositalari haydovchilarining va yo`l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o`tishdan bo`yin tovlashi) da ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun 1 yil 6 oy muddatga avtomashinani boshqarish huquqidan maxrum qilinganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Guliston tumani prokuraturasi tomonidan xaydovchi A.F ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






