Islom taraqqiyot banki (ITB) Guruhi Boshqaruvchilari Kengashi – Bank oliy boshqaruv organi Raisi etib O`zbekiston tomonidan Boshqaruvchi, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov saylandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, o`tgan yilning oktyabr oyida S.Umurzakov Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Boshqaruvchilari Kengashi Raisining o`rinbosari etib saylangan edi.
Ma`lumot uchun, o`z ichiga Islom taraqqiyot banki, Xususiy sektorni rivojlantirish bo`yicha islom korporasiyasi, Xalqaro islom savdo-moliya korporasiyasi, Investisiyalar va eksport kreditlarini sug`urtalash islom korporasiyasi va Islom tadqiqot va ta`lim institutini olgan Islom taraqqiyot banki Guruhi 1974 yilda Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida tashkil etilgan. ITB a`zolari tarkibiga 57 mamlakat kiradi. Bank faoliyatining asosiy yo`nalishi iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik infratuzilmaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirishdir.






