AsosiyJamiyat

Qurilish sohasida davlat xaridlarini o`tkazishning yangi tizimi joriy etiladi

'Qurilish sohasida davlat xaridlarini o`tkazishning yangi tizimi joriy etiladi'ning rasmi

“Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o`tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (55-son, 05.02.2021 y.) qabul qilindi.  Bu haqda Adlich vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga ko`ra, qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va o`tkazishning yangi tizimi joriy etiladi.  

 Unga ko`ra:

➖ qurilish sohasida davlat xaridlarini o`tkazishda tanlov hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etish talab etilmaydi;

➖ elektron tanlov (tender) savdolarini amalga oshirish uchun tanlov hujjatlari va texnik vazifalar faqat tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi bo`yicha kompleks ekspertizadan o`tkaziladi;

➖ tanlov savdolarida joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi qurilish-pudrat tashkilotlarining so`nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 1,5 baravaridan oshgan oferentlar ishtirok etmaydi;

➖ tanlov natijalari bo`yicha shartnomada belgilangan narxga nisbatan sifati va hajmiga ta`sir qilmagan holda tejalgan mablag`lar pudrat tashkiloti tasarrufida qoldiriladi.

Qarorga ko`ra, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda tanlovlarni o`tkazish bo`yicha maxsus axborot portali operatorlari o`rtasida elektron axborot almashinuvi yo`lga qo`yiladi.

Qaror bilan qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o`tkazish tartibi to`g`risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. 

    Boshqa yangiliklar