Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog`ining ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligining “Suv ta`minoti va oqova suv ob`ektlari qurilishi bo`yicha injiniring kompaniyasi” DUK Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi hamda “Granit Montaj Stroy” MChJ tomonidan Nukus shahri, A.Shamuratova ko`chasi avtomobil yo`lining asfalt qoplamasini qayta tiklash va “Nukus city” markazidagi ko`p qavatli uylarning suv va kanalizasiya tarmoqlarini ta`mirlash ishlarini amalga oshirish bo`yicha qiymati 3567,7 mln so`mlik pudrat shartnomasi tuzilgan.
Mazkur shartnomaga asosan “Granit Montaj Stroy” MChJ tomonidan qiymati 236,5 mln. so`mlik asfalt qoplamasi hamda qiymati 9,6 mln. so`mlik suv tarmoqlarini ta`mirlash ishlari to`liq bajarilmagan bo`lishiga qaramasdan, bajarilganligi haqida rasmiy hujjat hisoblangan hisob-fakturalarga soxta ma`lumotlar va yozuvlar kiritilib, jami 246,1 mln. so`mlik byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-taroj qilinganligi aniqlandi.
Ushbu holat bo`yicha Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligining “Suv ta`minoti va oqova suv ob`ektlari qurilishi bo`yicha injiniring kompaniyasi” DUK Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi hamda “Granit Montaj Stroy” MChJ mansabdor shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi
3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilana jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Hozirda mazkur jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari Nukus shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.






