AsosiyJamiyat

Andijonda “Nafosat” festivali o`tkazilmoqda

'Andijonda “Nafosat” festivali o`tkazilmoqda'ning rasmi

Shu kunlarda Andijon viloyatida “Nafosat” festivali o`tkazilmoqda.

Festival doirasida Andijon davlat universitetida aholi va yoshlar o`rtasida kiyinish madaniyati targ`ibotini tashkil etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiyasi, “O`zto`qimachilik” uyushmasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda “Yosh dizaynerlar kengashi” vakillari ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi. Shuningdek, Ishchi guruh a`zolari qo`l mehnati ko`rgazmasi bilan tanishdi. Qolaversa, tadbirda qizlarga kiyinish madaniyati to`g`risidagi savollarni o`zida jamlagan anonim so`rovnoma o`tkazildi.

Bundan tashqari, festival doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti mutaxassislari tomonidan yosh dizaynerlar uchun mahorat darslari o`tkazildi.

Shu bilan birga, festival doirasida Izboskan tuman hokimligida “Yoshlar modasi, an`analar va zamonaviy yo`nalishlar” mavzusida so`rovnoma hamda “Ayollar va yoshlar orasida kiyinish madaniyati” mavzusida seminar-trening o`tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlar o`zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

    Boshqa yangiliklar