AsosiyJamiyat

Bugun ba`zi hududlarda yomg`ir yog`adi

'Bugun ba`zi hududlarda yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar qilishicha, 8 fevralda kunduz kuni O`zbekistonda yilning shu davri uchun nam va deyarli iliq ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. 🌫Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15° iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 10-12° iliqgacha isiydi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, baland tog`larda qorga aylanadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol biroz 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar