Joriy yilning 8-fevral kuni ertalab soat 06:50 atrofida, "18-Avtobus saroyi" MChJ tasarrufidagi, davlat raqami 01 051 JFA bo`lgan, 46-sonli yo`nalishda harakatlanuvchi "MAN" rusumli avtobus, To`qimachi ko`chasi bo`ylab Beshqayrag`och tomonga o`z yo`nalishida harakatlanib kelayotgan vaqtida, Ko`kcha Darvoza ko`chasi bo`ylab Toshkent Xalqa Avtomobil Yo`li tomonga xarakatlanib kelayotgan "18-Avtobus saroyi" MChJ tasarrufidagi, davlat raqami 01 057 RCA bo`lgan, 134-sonli yo`nalishda harakatlanuvchi "ISUZU" rusumli, avtobus bilan Uchtepa tumani, Ko`kcha Darvoza-To`qimachi ko`chalari kesishgan chorrahada yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda "Toshshahartrnasxizmat" AJ tezkor ma`lumot berdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bir nafar "MAN" rusumli avtobus yo`lovchisi engil tan jaroxati olgan, shundan so`ng darhol jabrlangan yo`lovchi shifoxonaga etkazilib, hozirda, tez tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan, "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining Yo`lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi tomonidan xizmat surishtiruv ishlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.






