Farg`ona viloyati hokimligi axborot xizmati ma`lum qilishicha, mazkur aerodrom qurilishi uchun tumanning “Novobod” MFY hududidan ja`mi 4,5 gektar er maydoni ajratilgan bo`lib, uchish va qo`nish maydonchasining uzunligi 650 metr va eni 100 metrni tashkil etadi. Loyiha qiymati 12 mlrd so`mdan iborat. Qurilish ishlarini may oyiga qadar yakuniga etkazish rejalashtirilgan.






