AsosiyJamiyat

Andijonda giyohvandfurush yirik miqdordagi "tovar" bilan qo`lga olindi

'Andijonda giyohvandfurush yirik miqdordagi "tovar" bilan qo`lga olindi'ning rasmi

Joriy yilning 6 fevral kuni Andijon viloyati IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida,  Izboskan tumani “M.Ulug`bek” mahallasi hududida Namangan shahar "Guzar" mahallasida istiqomat qiluvchi 1986 y.t. A.N. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli avtomashina to`xtatib tekshirilganida, fuqaro A.N. avtomashinasida jami 545 gramm “gashish” giyohvand moddasini sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan. Bu haqda IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi ma`lum qildi. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273 - modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

    Boshqa yangiliklar