Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumanidan "Darakchi" muxbiri Mohinur Rustamova xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha, so`nggi uch yilda yurtimizda nodavlat ta`lim tashkilotlari soni deyarli olti barobarga ko`paygan. 2020 yilda Inspeksiya tomonidan jami 1034 ta nodavlat ta`lim tashkilotiga lisenziya berilgan. Agar 2019 yilda yurtimizda 2509 ta nodavlat ta`lim tashkiloti faoliyati ko`rsatgan bo`lsa, bugungi kunda ularning soni 3377 tani tashkil etmoqda.
Jumladan, nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari soni 1214 tadan 1688 taga, xususiy maktablar soni 117 tadan 171 taga, maktabdan tashqari ta`lim muassasalari 485 tadan 605 taga, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta`lim tashkilotlari 691 tadan 906 taga, hamda xususiy oliy ta`lim muassasalari soni 2 tadan 8 tagacha oshgan.






