AsosiyDunyo

Ozarbayjonda 65 yoshdan oshganlar koronavirusga qarshi emlanadi

'Ozarbayjonda 65 yoshdan oshganlar koronavirusga qarshi emlanadi'ning rasmi

Ozarbayjonda dushanba kuni 65 yoshdan katta bo`lganlar uchun koronavirusga qarshi emlash boshlanadi. Bu haqda tass.ru xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, jarayonni tashkil etish uchun Majburiy tibbiy sug`urta agentligi maxsus veb-saytni ishga tushirdi, u erda ro`yxatdan o`tish 5 fevralda boshlandi. Ro`yxatdan o`tgan fuqaroga emlash uchun kun va soat ko`rsatilgan SMS-taklifnoma keladi. Tizim shuningdek, vaksinaning ikkinchi dozasi sanasi va vaqtini avtomatik ravishda aniqlaydi.

Ozarbayjonda emlash 18 yanvarda boshlangan edi. Rasmiylar Xitoyning Sinovac Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CoronaVac preparatini tanladilar. Kompaniya bilan 4 million dozali vaksinani etkazib berish bo`yicha shartnoma imzolandi. Vazirlar Mahkamasi ma`lumotlariga ko`ra, mamlakatga allaqachon 848 ming dozani etkazib berishgan. Vaksina alohida partiyalarda etkazib beriladi, u oldindan Turkiyadagi ixtisoslashtirilgan laboratoriyada standartlarga muvofiqligi uchun sinovdan o`tkaziladi. Bundan tashqari, aprel oyining boshlarida COVAX tashabbusi doirasida mamlakatga Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan yana 2 million dozada vaksina etkazib beriladi.

Hokimiyat tomonidan 2021-2022 yillarda ishlab chiqilgan emlash strategiyasiga muvofiq, birinchi bosqich tibbiyot xodimlari, 65 yoshdan oshgan odamlar va epidemiyaga qarshi tadbirlarda ishtirok etgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini qamrab oladi. Ikkinchi bosqichda surunkali kasalliklarga chalingan, xavf ostida bo`lgan odamlar, ta`lim tizimi va ijtimoiy soha xodimlari, transport, telekommunikasiya, pochta va bank xodimlari emlanadilar.

O`tgan hafta oxiriga qadar 65 ming kishi allaqachon emlangan, asosan shifokorlar. Ushbu prosedura aholi uchun ixtiyoriy va bepul.

Boshqa yangiliklar