AsosiyJamiyat

Sirdaryoda "o`zgacha qarg`aydigan GAI xodimi" yuzasidan tekshiruv boshlandi (video)

'Sirdaryoda "o`zgacha qarg`aydigan GAI xodimi" yuzasidan tekshiruv boshlandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Sirdaryoda qarg`aydigan GAI xodimi" sarlavhasi ostida video tarqaldi.

IIV YHXBB holatga munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, video lavhada, Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX xodimi I.Yakubov haydovchi bilan o`zaro muloqot vaqtida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrda 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda Ichki ishlar vazirining me`yoriy buyrug`i talablaridan chetga chiqqanligi holati aks etgan.

Mazkur video lavha yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. Tekshiruv xulosasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi, IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar