Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilishdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qildi.
Keltirilishicha, Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari bo`yicha nazorat o`lchovi o`tkazilgan. Unda “E.” MChJ rahbarlari hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali 254,4 mln so`m byudjet mablag`larini talon-toroj qilishgani aniqlangan.
Shuningdek, suv ta`minoti va oqava suv ob`ektlari qurilishi bo`yicha Ijiniring kompaniyasi DUK Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan ushbu jamiyatga 254,4 mln so`m byudjet mablag`i o`tkazib berilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi)bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






