Surxondaryo viloyatining janubiy tumanlarida bodom daraxtining gullashi kuzatildi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda.
Surxondaryo Gidrometeorologiya boshqarmasining mutaxassislari 9 fevral kuni o`tkazilgan kuzatuvlar natijasiga ko`ra Termiz shahrida bodom daraxtining gullash fazasining boshlanganlini ma`lum qildi. Umumiy harorat yig`indisining kunlik hisobiga ko`ra viloyatning shimoliy tumanlarida 14 fevralda bodom daraxtining gullashi kutilayotganligi ma`lum qilindi, deyiladi xabarda.






