AsosiyJamiyat

Shayxontoxurdagi Duchor berk ko`chasida kelib chiqqan yong`in oqibatida 5 ta bir-biriga tutashgan uylar zarar ko`rdi

'Shayxontoxurdagi Duchor berk ko`chasida kelib chiqqan yong`in oqibatida 5 ta bir-biriga tutashgan uylar zarar ko`rdi'ning rasmi

Yong`in joriy yilning 8 fevral kuni soat 13:09 da Shayxontoxur tumani Duchor berk ko`chasida yuz bergan. Buning oqibatida ushbu manzilning 14A-uy hududidagi 5 ta bir-biriga tutashgan uylar zarar ko`rgan.  Bu haqda FVV xabar berdi.

Voqea joyiga shahar FVBning 3 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 13:16 da etib borgan, soat 13:30 da qurshab olinib, soat 14:18 da to`liq o`chirilgan.

 Yong`indan 5 ta uyning ichki va tom qismlari, jami 130 kv.m. maydoni zararlangan.  

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida uyning 360 kv.m. yong`indan saqlab qolingan.

Yong`in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar