O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi Qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.
O`zgartirishga ko`ra, O`zbekistonda sud tizimi quyidagilardan iboratligi belgilandi:
• O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi;
• O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
• harbiy sudlar;
• Qoraqalpog`iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
• Qoraqalpog`iston Respublikasi ma`muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma`muriy sudlari;
• fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
• jinoyat ishlari bo`yicha tuman, shahar sudlari;
• tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;
• tumanlararo ma`muriy sudlari.
Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.






