AsosiyJamiyat

Mo`ynoqdagi ko`l va uning qirg`oqlari qo`riqxonaga aylantirildi

'Mo`ynoqdagi ko`l va uning qirg`oqlari qo`riqxonaga aylantirildi'ning rasmi

Davlat ekologiya qo`mitasi axborot xizmati xabar berishicha, Prezident qaroriga asosan Mo`ynoq tumanida umumiy maydoni 280 507 gektar bo`lgan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklidagi “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qo`riqxonasi tashkil etildi.

Qo`riqxonning asosiy maqsadi qirg`oq landshaftlari, kanallar, kollektorlar va ulardagi suv oqimi, suv atrofida yashovchi qushlar, noyob, yo`q bo`lib ketish xavfi ostida bo`lgan baliqlar, yirtqich qushlar va sut emizuvchi hayvonlarni saqlab qolish hamda ularni qayta ko`paytirishdan iborat.

Qaror bilan Davlat ekologiya qo`mitasiga 2021 yil yakuniga qadar Sudoche ko`lini xalqaro ahamiyatga (Ramsar konvensiyasi) ega bo`lgan suvli-botqoqli hududlar ro`yxatiga kiritish bo`yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirildi.

    Boshqa yangiliklar