Yozyovon tumani 08 fevral kuni fuqaro M.U. “Sobalt” rusumli avtomashinasini Yangibo`ston mahallasi hududida boshqarib ketayotib, yo`lning qarama-qarshi bo`lagiga o`tib ketib, ushbu yo`lda harakatlanib kelayotgan haydovchi B.F. boshqaruvidagi “LADA LARGUS” rusumli avtomashinasi bilan to`qnashib ketishi oqibatida, “Sobalt” haydovchisi M.U. hodisa joyida vafot etgan. “LADA LARGUS” avtomashinasida bo`lgan yo`lovchi chet el fuqarosi K.M. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati "Darakchi"ga xabar berdi.

Shuningdek, “Sobalt” avtomashinasidagi yo`lovchilar A.B., K.J., “LADA LARGUS” avtomashinasi haydovchisi B.S. tan jarohati olishib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






