AsosiyJamiyat

Klinik protokollarning aniqligiga jahon ekspertlari yordam beradi

'Klinik protokollarning aniqligiga jahon ekspertlari yordam beradi'ning rasmi

Sug`urtali tibbiyotning O`zbekistonda joriy etilishi kutilayotgan zarur komponentlaridan biri zamonaviy klinik protokollarning mavjudligi bo`lib, unga har bir shifokor rioya etishi shart bo`ladi. Mazkur masala O`zbekiston Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi va Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha jamiyati (GIZ) o`rtasidagi uchrashuvning eng zarur masalalaridan biri bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Innovasion  sog`liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati "Darakchi" ga xabar berdi.

Milliy palata raisi Rovshan Izamov ta`kidlaganidek, mazkur davlat tizimi tomonidan Sog`liqni saqlash vazirligi bilan zamonaviy xalqaro talablarga muvofiq klinik protokollarni ishlab chiqarish bo`yicha birgalikda ish olib borilyapti. Klinik protokollar, oldinda turgan shifokorlarni lisenziyalash va boshqa komponentlar sug`urtali tibbiyotning asosida yotadi. Bunday keng miqyosdagi ishni amalga oshirishda samarali yordamni tajribali xalqaro ekspertlar ko`rsata olishlari mumkin edi. 

O`z o`rnida GIZning O`zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari Yorg Pudelka Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha jamiyati mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo`llab-quvvatlashga, jumladan ekspertlarni taqdim etish yo`li bilan ham tayyor ekanligini ta`kidladi. 

O`zbekistonga bunday ekspertlarning kelishi va bu erda ishlashi bilan bog`liq xarajatlarning katta qismini Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha jamiyati o`ziga olishini inobatga olib, bunday grantli ko`makning muhimligini isbotlash zarur. Bunday grantni qo`lga kiritib, Milliy palata klinik protokollarni ishlab chiqish bo`yicha ishlarni tezlashtirishni rejalashtiryapti. Bu ish 2019 yil dekabrda mazkur davlat tizimi va Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan imzolangan qo`shma qarorga asosan amalga oshirilyapti. Zamonaviy klinik protokollarni tezroq ishlab chiqish va qabul qilish O`zbekiston aholisiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatni yangi sifat darajasiga ko`tarish imkonini beradi.   

Bunday yondashuvni GIZ vakillari to`liq to`g`ri tushundilar. Bundan tashqari O`zbekistonda GIZ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar orasida aynan mavjud uslublarni, tibbiyot sohasidagi o`quv qo`llanmalarini  o`zgartirishni maqsad qilganlari ham bor. Xususan, GIZning «O`zbekistonda ilg`or tibbiyot texnologiyalarni boshqarish» loyihasi vakili Aliya Jalmagambetovaning tushuntirishicha, bunday ish bolalar jarrohligida, ginekologiyada, urologiyada va boshqa yo`nalishlarda qo`llaniladigan minimal invaziv muolajalar yo`nalishida amalga oshiriladi.   

2021 yil 1 fevralda o`tkazilgan onlayn muzokaralar davomida tomonlar O`zbekiston sog`liqni saqlash tizimi uchun zamonaviy klinik protokollarni amalga oshirish maqsadida xalqaro ekspertlarni jalb etish bo`yicha zarur hujjatlarni tayyorlash bo`yicha kelishishga muvaffaq bo`ldilar. 

Shuningdek, Milliy palata va GIZ mamlakat aholisiga tibbiy xizmat ko`rsatish ishlarini eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida zamonaviy tibbiy innovasiyalarni olib kirgan holda yaxshilash maqsadida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama etishni davom ettiradi

Boshqa yangiliklar