Toshkentda yuk poezdi o`n to`rt yoshli o`spirinni urib yubordi. 2021 yil 5 fevralda qiz maktabdan temir yo`l kesishmasi orqali uyiga qaytayotgan bo`lgan. Bu uning va boshqa yuzlab maktab o`quvchilarining odatiy yo`li bo`lgani aytiladi. Kecha, 8 fevral kuni, Anhor.uz nashri jabrlangan qiz ota-onasining Saida Mirziyoevaga yo`llagan murojaatini e`lon qildi. Ota-ona chuqur komada bo`lgan bolaning hayotini saqlab qolishda yordam so`ragan.
8 fevral kuni Saida Mirziyoeva jarohat olgan qizning ota-onasi bilan uchrashdi va jonlantirish bo`limida bolaning hayoti uchun kurash olib borilayotgan kasalxonaga tashrif buyurdi. Shifokorlar qizni qutqarib qolish uchun barcha choralarni ko`rmoqda, ammo u hamon o`ta og`ir ahvolda.
«Hamza» va «Toshkent yuk» stansiyalari o`rtasida, shahar chekkasida joylashgan ushbu temir yo`l kesishmasida 57ta vagonli yuk poezdining o`tishi odatiy holat ekani aytiladi. IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi xodimlari maktab o`quvchilari bilan profilaktik, tushuntirish suhbatlari o`tkazmoqda. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, so`nggi suhbat 25 yanvar kuni bo`lib o`tgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, ammo guvohlarning so`zlariga ko`ra, ushbu o`tish joyida hech qanday to`siqlar yoki svetoforlar o`rnatilmagan, u xuddi oddiy tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyi kabi bo`lgan.
Qayd etilishicha, bolalarning yo`llardagi xavfsizligi mavzusi uzoq vaqtdan buyon diqqatni jalb qilib kelmoqda, uni o`rganish, eng muhimi, samarali choralar ko`rish lozim, aks holda har bir piyodalar o`tish joyida mas`uliyatsizlik va beparvolik qurbonlariga yodgorlik o`rnatish kerak bo`ladi.






