A.X. Toshkulovni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo`mitasi tarkibidan chiqarish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaror qabul qildi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 80-moddasiga, «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida»gi Konstitusiyaviy qonunining 9 va 17-moddalariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Q A R O R Q I L A D I:
1. O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 5 fevraldagi «A.Toshkulovni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari ro`yxatidan chiqarish to`g`risida»gi 1057-sonli qaroriga asosan Abdukodir Xamidovich Toshkulov Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo`mitasi tarkibidan chiqarilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.
O`zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi T. Narbaeva
Toshkent shahri,
2021 yil 5 fevral






