AsosiyJamiyat

Endi o`zbekistonliklardan ichki sayohat paytida turistik yig`im undiriladi

'Endi o`zbekistonliklardan ichki sayohat paytida turistik yig`im undiriladi'ning rasmi

Prezident Farmoniga binoan, 2021 yil 1 martdan boshlab:

O`zbekiston fuqarolari va O`zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo`lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda turistik (mehmonxona) yig`im undiriladi.

Bunda, turistik (mehmonxona) yig`im ichki turizmni targ`ib qilish va rag`batlantirish, turizm mavsumi past bo`lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltiriladi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Farmonga binoan, bir oy muddatda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish doirasida quyidagi aviareyslar yo`lga qo`yilgani ma`lum qilindi. Shuningdek, ushbu Farmon bilan bayramlar arafasida dam olish kunlari 3 kun etib belgilangani va ayrim davlat fuqarolari uchun 10 kun muddatga vizasiz rejim joriy etilgani xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar