AsosiyDunyo

Dunyoda so`nggi kunlarda koronavirus infeksiyasining qayd etilishi va undan o`lim ko`rsatkichlari pasaymoqda

'Dunyoda so`nggi kunlarda koronavirus infeksiyasining qayd etilishi va undan o`lim ko`rsatkichlari pasaymoqda'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 106 million 125 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 320 mingdan ziyod kishi vafot etgan (9.02.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 17:10 holatiga ko`ra).  Bu haqda SSV xabar berdi.

 Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 304 166 yangi holati aniqlandi, 8 021 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (10.02.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 09:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 106 million 902 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 340 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 26,746 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,847 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (9,524 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,998 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,959 milliondan ortiq).  

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 91 412, Hindistonda 9 110, Braziliyada 26 845, Rossiyada 15 019, Buyuk Britaniyada esa 14 104 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 

 

    Boshqa yangiliklar