AsosiyJamiyat

O`zbekistonda shu paytga qadar 6751 nafar ko`ngillida koronavirusga qarshi vaksinasiyaning 3-klinik sinov bosqichi o`tkazildi

'O`zbekistonda shu paytga qadar 6751 nafar ko`ngillida koronavirusga qarshi vaksinasiyaning 3-klinik sinov bosqichi o`tkazildi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Botir Qurbonov ma`lum qildi.

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 79237 nafar kishidan 968 nafari shifoxonada qolmoqda. Kasallik ularning 153 nafarida og`ir, 29 nafarida o`ta og`ir va 786 nafarida engil kechyapti.

Xitoyning “Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirus rekombinant vaksinasini xavfsizligi va COVID-19 infeksiyasini oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida III faza klinik tadqiqotlari o`tkazilishi rejalashtirilgan, 9000 nafar ko`ngillilar orasida immunizasiya tadbirlarini o`tkazilishi uchun vaksina olib kelingan.  

O`zbekistonga 8 nafar xitoylik mutaxassis kelgan, ular bugungi kunda Innovasiyani rivojlantirish vazirligi bilan xamkorlikda 3 faza klinik bosqichini amalga oshirmoqda.

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligiga qarashli 3ta poliklinikada, Innovasion rivojlanish vazirligining ko`rgazmalar zalida va Yunusobod tumani 15-sonli oilaviy poliklinikada jami 5 ta muassasada COVID-19ga qarshi ko`ngillilarni skringdan o`tkazish va vaksinasiya qilish uchun maxsus joy tashkil qilingan.  

 Bugun qadar 14274 nafar ko`ngilli tibbiy ko`rik va suhbatdan o`tkazildi.Ularning 6751 nafarida (47,3 foiz) vaksinasiyaning 3-klinik sinov bosqichlari amalga oshirildi.

 Respublikamizga COVAXga a`zo davlatlar singari vaksinani olib kiritilishi bo`yicha ham buyurtma kiritilgan bo`lib, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti va YuNISEF xalqaro bolalar jamg`armasi bilan hamkorlikda ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish bo`yicha reja kiritildi.

Shuningdek, Rossiyada ishlab chiqilgan SPUTNIK-V vaksinasini ham respublikamizga olib kelinishi, ushbu vaksinani sertifikatlash va emlash tadbirlarini boshlanishi bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar