AsosiyJamiyat

Nogironlik nafaqasi kimlarga tayinlanadi?

'Nogironlik nafaqasi kimlarga tayinlanadi?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-sonli qaroriga asosan davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo`lmagan nogironligi bo`lgan shaxslar nogironlik nafaqasi olish huquqiga ega. Bu haqda Pensiya jamg`armasi matbuot xizmati ma`lumot berdi

16 yoshdan katta bolalikdan nogironlarga, 16 yoshgacha nogiron bolalarga va o`n sakkiz yoshga to`lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga har oylik nafaqalar tayinlash va to`lash tartibini belgilaydi.

Nafaqa olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I guruh nogironlari, bolalikdan II guruh nogironlari deb e`tirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar kasallikning bosqichidan qat`i nazar, o`n sakkiz yoshga to`lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar, shuningdek nafaqa olish huquqini beradigan tibbiy xulosa mavjud bo`lgan taqdirda 16 yoshgacha nogiron bolalar egadirlar.

Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Bunda o`n sakkiz yoshga to`lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa qonun hujjatlarida bolalikdan nogironlar uchun belgilangan miqdorda tayinlanadi.
Nafaqani tayinlash va to`lash O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limlari tomonidan amalga oshiriladi.

Boshqa yangiliklar