AsosiyJamiyat

"Chet ellik o`qituvchilarga shuncha pul berib, bizning o`qituvchilar nonini yarimta qilayapti" mazmunidagi gaplarga vazir izoh berdi

'"Chet ellik o`qituvchilarga shuncha pul berib, bizning o`qituvchilar nonini yarimta qilayapti" mazmunidagi gaplarga vazir izoh berdi'ning rasmi

AQShlik pedagoglar xarajatlari AQSh tomonidan, Rossiyaliklarniki esa Rossiya tomonidan qoplanadi. Ular bizning o`qituvchilar bilan parallel ravishda dars o`tadi, soatini olib qo`ymaydi. Xitoydan kelayotgan 1300 ta kompyuter sinflari xarajatlari Xitoy tomonidan qoplanadi. Bu haqda Xalq ta`limi vaziri o`zining telegram kanalida yozmoqda. 

Avvalgi yangiliklarga bu chet ellik o`qituvchilarga shuncha pulni berib, bizning o`qituvchilar nonini yarimta qilayapti degan ma`nodagi izohlarni o`qib, shu masalaga oydinlik kiritib qo`yish kerak ekan deb o`yladim: Prezidentimiz tomonidan dunyodagi eng salohiyatli davlatlar bilan o`zaro hamkorlik aloqalari o`rnatilishi ortidan ushbu davlatlar tomonidan O`zbekistondagi ta`lim islohotlariga ko`maklashish uchun katta grant mablag`lari ajratilmoqda. Odatda, grant mablag`lari o`zbek tomonga pul ko`rinishida emas, balki o`sha davlat tomonidan moddiy (masalan, Xitoydan kompyuterlar) yoki nomoddiy (AQShdan va Rossiyadan o`qituvchilar xizmati) yordam ko`rinishida beriladi. Bundan tashqari yana ko`plab mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ham yordam bermoqda.  Ularga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

    Boshqa yangiliklar