AsosiyDunyo

Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi

'Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 106 million 555 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 333 mingdan ziyod kishi vafot etgan (10.02.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 17:07 holatiga ko`ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 334 648 yangi holati aniqlandi, 10 702 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (11.02.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 09:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 107 million 325 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 354 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 26,832 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,858 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (9,548 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (4,012 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,972 milliondan ortiq).  

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 86 449, Hindistonda 11 067, Braziliyada 23 439, Rossiyada 14 494, Buyuk Britaniyada esa 12 364 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar