AsosiyJamiyat

"Hafta o`rtasida birorta vazirni Toshkentda ko`rsam, ishdan olaman» — prezident

'"Hafta o`rtasida birorta vazirni Toshkentda ko`rsam, ishdan olaman» — prezident'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev vazirlar ish kunlarini Toshkentda emas, viloyatlarda o`tkazishi kerakligini ta`kidladi, deya prezidentning so`zlarini keltirmoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

«Vazirlar dushanba kuni bosh vazir bilan yig`ilish o`tkazib, hisobotlarini beradi, xafta uchun ish rejasini tuzib oladi va viloyatlarga ketadi», — dedi davlat rahbari.

«Vazirlar faqat shanba va yakshanba kunlari Toshkentda bo`lishadi. Yakshanba kuni uyda bo`ladi, yaxshilab dam olib, bola va nevaralarni o`qitib, dushanbadan yana hududlarga ketishadi. Agar hafta o`rtasida birorta vazirni Toshkentda ko`rsam, ishdan olaman. Vazir respublikaga xizmat qiladi, Toshkentni qorovullab o`tirmaydi», - deya ta`kidlagan Shavkat Mirziyoev.

 

    Boshqa yangiliklar