Bu haqda sputniknews-uz Bloomberg axborot agentligining hisob-kitoblariga tayanib xabar berdi.
Unga ko`ra, mehnat migrantlarining etishmovchiligi 10 yil ichida Rossiya yalpi ichki mahuslotining 25 bazaviy bandga yillik pasayishiga olib kelishi mumkin.
Tahlilchilarning fikricha, Rossiya iqtisodiyoti uchun vaziyat hatto neft narxi ko`tarilgan taqdirda ham xavotirli bo`lib qoladi.
Migrantlarning etishmasligi tufayli ko`plab korxonalar, xususan, qurilish kompaniyalari mavjud bo`sh ish o`rinlariga nomzodlarni topish uchun maoshlarni oshirishga majbur bo`lishdi. Biroq, qurilish maydonlarida ishchilar etishmasligi hali ham mavjud.
Bloomberg ommaviy emlash migrantlar oqimini tiklashi mumkin deb hisoblaydi, ammo Markaziy Osiyo aksariyat davlatlarida vaksinalar etarli emas.






