AsosiyJamiyat

Hukumat qarori: lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosiga to`liq o`tiladi

'Hukumat qarori: lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosiga to`liq o`tiladi'ning rasmi

Hukumat qarori (61-son, 10.02.2021 y.) bilan Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to`liq o`tishni ta`minlash bo`yicha “yo`l xaritasi” tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Unga ko`ra, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:  

➖ Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to`liq o`tishni ta`minlashga qarаtilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

➖ Lotin yozuvidagi o`zbek alifbosining yangi tahriri asosida “O`zbek tilining imlo qoidalari”ni tasdiqlash bo`yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish;

➖ Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarni davlat tili qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarish;

Rasmiy veb-saytlarni lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosiga to`liq o`tkazilishi ta`minlash.

Shuningdek, quyidagilarning lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosida bo`lishi ta`minlanadi:

● shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi bo`lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari;

● ish qog`ozlari, turli blanklar;

● mamlakatimizdagi joy, ko`cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ`ibot vositalari, reklama va e`lonlar.

Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to`liq lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosiga o`tkaziladi.  

    Boshqa yangiliklar