AsosiyJamiyat

8 000 ming AQSh dollari evaziga 8 gektar er olib bermoqchi bo`lgan “Ermulkkadastr” sobiq mutaxassisi ushlandi

'8 000 ming AQSh dollari evaziga 8 gektar er olib bermoqchi bo`lgan “Ermulkkadastr” sobiq mutaxassisi ushlandi'ning rasmi

Bag`dod tumanida 8 000 ming AQSh dollari evaziga 8 gektar er olib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Ermulkkadastr” DK Bag`dod tuman filiali sobiq mutaxassisi V.N. fuqaro M.B.ning ishonchiga kirib, unga tuman kadastr bo`limida ishlashini aytib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali sabzavotchilik mahsulotlari etishtirish uchun tuman hududidan 8 gektar er maydoni ajratish haqida qaror chiqartirib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar